Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi

// 05.03.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (147.68 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkilotda va uning tizimidagi korxonalarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimlari, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi hamda rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Yig'ilish davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6166-sonli Farmonining mazmun-mohiyati hamda Farmonda belgilangan vazifalarga to'xtalib o'tildi.

Tadbirda hujjatlar, ya'ni qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama puxta hamda yuksak professional darajada tayyorlash lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, “Yangi O'zbekiston” gazetasining 44-sonida keltirilgan quyidagi ma'lumotlar yig'ilish ishtirokchilariga o'qib eshittirildi. “2020 yilda Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan vazirliklar va idoralar, shuningdek, hokimliklar bilan birgalikda davlatimiz rahbarining 344 ta hujjatlari tayyorlanib, Prezident Admistratsiyasiga kiritildi. Respublika Hukumatining 834 ta qarori va 580 ta farmoyishi qabul qilindi”. Mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo'lida qabul qilingan ushbu hujjatlar ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka etkazish hamda ularning mazmun-mohiyatini targ'ib qilish lozimligi alohida ta'kidlandi.  

Zero, qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda nafaqat rahbarlar balki vazirlik-idoralar, korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.  

 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati