“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi VI “BYD” Toshkent xalqaro marafonida faol ishtirok etdi

// 23.04.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (22.91 MB)

21-aprel kuni poytaxtimizda 45 ta mamlakatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilar ishtirokida VI “BYD” Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtdi. 

Marafonda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri A.Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi  O.Kasimov, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi oʻrinbosari A.Abduvaliyev, “BYD LLC”ning Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori oʻrinbosari Ivan Sao ishtirok etdi.

VI “BYD” Toshkent xalqaro marafoni 4 ta masofa boʻyicha oʻtkazildi va  umumiy mukofot jamgʻarmasi 720 mln soʻmni tashkil etdi. 

Ahamiyatlisi, mazkur keng miqyosli marafonda “Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi ham faol ishtirok etdi. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 23.04.2024