“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

// 13.03.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (190.22 KB)

“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nasiba Sodiqova bayram munosabati bilan ayollarni qo‘llab-quvvatlashdagi tashabbuskorligi uchun “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Uzoq yillar davomida xotin-qizlarning muammosini o’rganish, ijobiy yechim topish, ularning jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishi yo’lida fidokorona mehnat qilishdek intilish natijasi yuzlab minnatdor ayollar quvonchida mujassam.   

Korxona jamoasi nomidan Nasiba Sodiqovani ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI


So'nggi yangilash sanasi: 30.03.2024