“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda Azot kislotasi ajratmalari bilan bog'liq iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo'yicha harakatlar guruhi (NACAG) faoliyati yuzasidan seminar o'tkazildi

// 09.01.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (128.28 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda Azot kislotasi ajratmalari bilan bog'liq iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo'yicha harakatlar guruhi (NACAG) faoliyati yuzasidan seminar o'tkazildi.

Seminarda O'zbekiston Respublika Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zgidromet “O'zkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Farg'onaazot” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ vakillari ishtirok etdi.

NACAG ma'lumotiga ko'ra, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) faoliyati doirasidagi ushbu tashabbus Germaniya Atrof muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadroviy xavfsizlik vazirligi tomonidan mamlakatlarga issiqxona gazlari, shu jumladan, azot kislotasi ishlab chiqarishda hosil bo'ladigan azot oksidi ajratmalarini qisqartirish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirda O'zgidromet tomonidan “O'zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o'tish strategiyasi” va “Azot kislotasi ishlab chiqarishda azot oksidi ajratmalarini baholash” mavzularida taqdimot qilindi. NACAG dasturi rahbari janob Enriko Rubertus guruh faoliyati sharhini taqdim qildi.

NACAG azot oksidi ajratmalarini qisqartirish bo'yicha O'zbekistonga grant ko'rinishda moliyaviy hamda texnik ko'mak ko'rsatishni rejalashtirayotganini bildirdi. Mazkur grant doirasida O'zbekistonda azot kislotasi ishlab chiqaruvchi zavodlarda azot oksidi ajratmalrini qisqartirish texnologiyasini sotib olish va o'rnatish rejalashtirilmoqda.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati