ShHT sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ va “China CAMC Engineering Co., LTD” kompaniyasi oʻrtasida bitim imzolandi

// 15.09.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (489.98 KB)

Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan ShHT sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudov hamda Xitoyning “China CAMC Engineering Co., LTD” kompaniyasi boshqaruvi raisi, janob Van Bo ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kimyo sanoati sohasida qator istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolash marosimi oʻtkazildi.

Erishilgan kelishuvlarga koʻra, tomonlar sirka kislotasi va uning hosilalari, vinil-asetat, monoxloratsetik kislota va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini birgalikda amalga oshirish boʻyicha hamkorlik qilishadi.

Tadbir yakunida nafaqat ikki kompaniya oʻrtasida, balki mamlakatlar miqyosida ham oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash juda  muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʻkidlandi. Shu bilan birga, tomonlar imzolangan bitim doirasida qoʻshma loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tuzish va “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olishdi. 

 

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati