Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalari ishtirokida tadbir tashkil etildi

// 10.02.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (191.98 KB)

“Jizzax plastmassa” AJ va anderrayter kompaniyasi “Portfolio Investment” MChJ hamkorligida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Jizzax plastmassa” AJning IPO obuna kampaniyasi yuzasidan universitet o'quvchilari va talabalariga seminar (Roud Shou) o'tkazildi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4265-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi “Fond birjasida aksiyalarning birlamchi va ikilamchi ommaviy takliflarini o'tkazishni tashkil etish to'g'risida”gi 358-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Dastlabki bosqichda “Jizzax plastmassa” AJ (IPO) ustav kapitalining 25 foizigacha bo'lgan miqdorda qo'shimcha aksiyalar chiqarib, jamiyat aksiyalarini birinchi ochiq taklif qilish orqali mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish belgilangan.

Seminar davomida jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlari, investitsion salohiyatlari, jamiyatda IPO yuzasidan chiqarilgan aksiyalarni to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati