“Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

// 16.02.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (407.79 KB)

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda iqtidorli, intiluvchan, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash maqsadida “Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar ekologik muammolar yechimi, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish, korxona xarajatlarini tejash, ish o‘rinlari yaratish va qo‘shimcha daromad keltiruvchi loyihalarni taqdim etishdi.

Har bir taqdimotdagi ishlanmalar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan chuqur o‘rganilib, baholash mezonida g‘oyalarning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1- o‘rin Dilorom Kuyliyeva, Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi , ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya  uchastkasi sex texnologi;
2 - o‘rin Mahzuna Kuchkinova, Marketing va sotish bo‘limi sotish bo‘yicha iqtisodchisi;
3 - o‘rin Yulduz Abduraxmonova, Zavod markaziy laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti egalladi.

Ishtirokchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarimiz respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 16.02.2024