Ingliz tili o‘quv kurslari boshlandi

// 12.03.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (538.44 KB)

Bugungi jadal rivojlanib borayotgan globallashuv davrida xorijiy tillarni puxta egallagan kadrlarga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Aynan shu munosabat bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish hamda bu borada ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, 2024-yilda ishchi-xodimlarni malakasini oshirish rejasiga asosan jamiyatda O‘quv markazi tomonidan ingliz tili bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi. Bu esa albatta ishchi-xodimlar orasida xorijiy tillarga qiziquvchilarning ortishiga va chet tillarini o‘rganishning keng ommalashuviga zamin bo‘ladi.

O‘quv kurslari joriy yilning avgust oyiga qadar davom etadi. Bundan tashqari jamiyatda xitoy hamda rus tillari bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 12.03.2024