“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etadi

// 16.11.2019 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (162.71 KB)

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo Vazirligi, O'zbekiston savdo-sanoat palatasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan  2019 yil 18-22 noyabr kunlari “O'zekspomarkaz” MKMda o'tkaziladigan O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida “O'zkimyosanoat” AJ ishtirok etadi.

“O'zekspomarkaz” to'rtinchi pavilonida “O'zkimyosanoat” AJ ko'rgazma stendi bezatiladi va barcha turdagi mahsulotlar, importga bo'lgan talablar ro'yxati va mahalliylashtirish loyihalari namoyish etiladi.

Shuningdek, tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 2020-2021 yillarda import o'rnini bosuvchi mahalliylashtirish mahsulotlari, 2020-2021 yillarda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo'yicha taklif qilinayotgan loyihalar, 2020-2021 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturi doirasida import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish bo'yicha loyihalar, 2022-2024 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturi doirasida import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish bo'yicha loyihalar hamda suyuq va suvda to'liq eruvchan kompleks mineral o'g'itlar ro'yxati ham taqdim etilidi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati