“O'zkimesanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Honeywell” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

// 15.01.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (84.32 KB)

Uchrashuv davomida “O'zkimesanoat” AJ korxonalarida avtomatlashtirish va raqamlashtirish bo'yicha kompaniya texnologiyasini qo'llash, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari hamda tashkilot tizmidagi zavodlarda dispetcherlik va boshqaruv uchun zamonaviy uskunalarni bosqichma-bosqich qo'llash masalalari muhokama qilindi.

“Honeywell” (AQSh) sanoat texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi kompaniya bo'lib, “Fortune” jurnali tomonidan tuzilgan dunyodagi yetakchi 100 ta kompaniyalar ro'yxatiga kiritilgan.

Muzokaralar davomida lineykali alkil benzol ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan bog'liq masalalar va MTO texnologiyasi yordamida olefinlar olish masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar loyihalarni amalga oshirish bo'yicha fikr almashdilar.

“O'zkimesanoat” AJ Matbuot xizmati