Dehqonobodda katta futbol musobaqasi oʻtkazildi

// 25.03.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (379.86 KB)

Bugun, Dehqonobod tumanida “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan Tuman hokimligi, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ  tashabbusi bilan Dehqonobod tumani sektorlar tizimidagi mahallalar yoshlari hamda zavod xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Futbol musobaqasida 16 ta jamoa o’zaro bellashdi hamda oʻyin natijalariga koʻra:

1-o‘rin- “Chuchuquduq” mahallasi jamoasi;
2-oʻrin- “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ jamoasi;
3-oʻrin- “Togʻaytemir” mahallasi jamoasi egalladi.

Barcha g‘olib jamoalarni sovrin bilan tabriklaymiz. G‘oliblar diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 25.03.2024