Dehqonobod kaliy zavodida rus tili o‘quv kurslari boshlandi

// 24.04.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (582.27 KB)

Bugungi kunda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xorijiy tillarni o‘rganishni keng targ‘ib qilish, ommalashtirish hamda bu borada xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida bir qator ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, 2024-yilda xodimlarni malakasini oshirish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘quv markazi tomonidan rus tili bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilinib, jamiyatning bir guruh xodimlari o‘qitilmoqda. O‘quv kursi joriy yilning sentabr oyiga qadar davom etadi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 24.04.2024