“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga biznes-tur tashkil etildi

// 24.04.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (35.97 MB)

“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga biznes-tur tashkil etildi. Mazkur biznes-tur ayni kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida oʻtkazildi.

Unda Rossiya Federatsiyasi hududiy hukumatlari masʼullari, 150 nafardan ortiq xorijlik ishbilarmonlar va yirik kompaniyalar direktorlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga texnoparkda rezidentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida taqdimotlar orqali batafsil maʼlumot berildi. Shu bilan birga texnoparkda ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Tadbir soʻnggida texnopark rezidentlari oʻrtasida oʻzbek palovini tayyorlash boʻyicha oʻziga xos tanlov oʻtkazildi va xorijlik mehmonlar milliy taomlarga oʻz baholarini berishdi. 

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 24.04.2024