Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 24-aprel sanasidagi savdo yakunlari

// 24.04.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (640.42 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 24-aprel sanasidagi yakuni boʻyicha maʻlumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 24-aprel kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 10 655,6 tonna 34 355,8 mln soʻmlik mineral oʻgʻitlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 23-aprel kuni 36 863,2 mln soʻmlik 11 435,4 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli oʻgʻitlar, superfosfat azot-fosforli oʻgʻit kabi mahsulotlar qoʻyildi. Savdoga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlardan ammiakli selitra eng koʻp sotilgan mahsulot boʻlib, sotuvning 46,4 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qoʻllanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qoʻyib boriladi.

24-aprel kuni jami 5 259,6 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 23-aprel kuni 16 192,0 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, yaʻni 25,5 foizini kaltsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi boʻyicha barcha maʻlumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi boʻyicha taklif va eʻtirozlaringiz boʻlsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzkimyosanoat AJ Matbuot xizmati

 

 


So'nggi yangilash sanasi: 24.04.2024