O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 15-sentabr sanasidagi savdo yakunlari

// 15.09.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (489.32 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 15-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 15-sentabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 16702 tonna 50933,0 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 14-sentabr kuni 38711,6 mln. so‘mlik 10618 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o‘g‘itlar, superfosfat azot-fosforli o‘g‘it kabi mahsulotlar qo‘yildi. Savdoga qo‘yilgan mineral o‘g‘itlardan ammiakli selitra eng ko‘p sotilgan mahsulot bo‘lib, sotuvning 60,6 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo‘llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinasiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo‘yib boriladi. 15-sentabr kuni jami 9571,2 mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 14-sentabr kuni 12418,2 mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, ya’ni 80,9 foizini kalsinasiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O‘zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo‘yicha taklif va e’tirozlaringiz bo‘lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati