O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 24 fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 24.02.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.01 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining  2021 yil 24 feral sanasidagi yakuni bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 24 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 15627 tonna 31903,6 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 23 fevral kuni 27851,5 mln. so'mlik 13475 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o'g'itlar, superfosfat azot-fosforli o'g'it kabi mahsulotlar qo'yildi. Savdoga qo'yilgan mineral o'g'itlardan ammiakli selitra eng ko'p sotilgan mahsulot bo'lib, sotuvning 55 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kaltsilangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi. 24 fevral kuni jami 4360,3 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Bu ko'rsatkich bir kun avval past bo'lgan, ya'ni 23 fevral kuni 4322,2 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini ya'ni 70 foizini PVX mahsuloti tashkil etdi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati