O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 12 may sanasidagi savdo yakunlari

// 13.05.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.19 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining  may sanasidagi yakuni bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 12 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 18414 tonna 33602 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 11 may kuni 20564 mln. so'mlik 9075 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ, “Maxsam-Chirchiq” AJ, “Farg'onaazot” AJ, “Ammafos-Maxsam” AJ, “Samarqand NPK” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, NPK-S (Ca,Mg,Fe), kaliyli, NPK (5:14:14), nitrokaltsiy-fosfat (NKFU) mahsulotlari qo'yildi. Savdoga qo'yilgan mineral o'g'itlardan ammiakli selitra eng ko'p sotilgan mahsulot bo'lib, sotuvning 60 foizini tashkil etdi. Haridorlarning asosiy qismini paxta va g'alla yetishtiruvchi klaster va fermer xo'jaliklari tashkil etdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kaltsilangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi 100 ga yaqin kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi. 12 may kuni jami 1674,7 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotildi. Bu ko'rsatkich bir kun avval yuqori bo'lgan, 11 may kuni 3264 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini ya'ni 80 foizini kaltsilangan soda mahsuloti tashkil etdi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati