Keng turdagi kimyoviy reagentlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

// 10.01.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (87.27 KB)

“O'zkimesanoat” aksiyadorlik jamiyatida “ARMENT CONSTRUCTION CHEMICALS” kompaniyasi vakillari va “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining o'rinbosari Sh.Nabiev boshchiligidagi vakillar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

“ARMENT CONSTRUCTION CHEMICALS” kompaniyasi O'zbekistonda sement va beton uchun kimyoviy qo'shimchalar hamda ftoroplastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalardan hisoblanadi. Kompaniya qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish sifati tufayli MDH mamlakatlari va Rossiyaga eksport qilish bo'yicha O'zbekiston bozori tarixida birinchi bo'lib ta'minot o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.

Muzokaralar davomida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarining texnik va texnologik salohiyatini jalb etgan holda, beton ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan super va giperplastifikatorlar hamda metilen xlorid, trixloretilen kabi keng turdagi kimyoviy reaktivlarni hamkorlikda ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati