Alisher Navoiy xotirasiga hurmat bajo keltirildi

// 09.02.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.41 MB)

Bugun "Adiblar xiyoboni"da hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 583 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda vazirlik va idoralar, tashkilotlar va OTM vakillari, ijodkorlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda Navoiy ijodining hozirgi kundagi ahamiyati, uning jahon adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi. Qolaversa, mamlakatimiz oliygohlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar tomonidan Navoiy g‘azallari va ruboiylari ijro etildi. 

 "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati jamoasi va tarmoq korxonalari vakillari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etishdi. Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk mutaffakir xotirasiga hurmat bajo keltirildi.


So'nggi yangilash sanasi: 09.02.2024