// 05.06.2018 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (48.04 KB)

Matbuot uchun ma'lumot

Kimyo sanoati korxonalarini 2021 yilgacha rivojlantirish dasturiga binoan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan amaldagi quvvatlar samaradorligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlash, energiya sarfini qisqartirish va import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish qatorida O'zbekiston Respublikasining 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirilishi jadallashtirildi.

Olib borilgan chuqur tahlillar asosida tarmoq korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo'yicha ishlab chiqarigan takliflar hukumat tomonidan qullab quvvatlanib, bir qator  qarorlar chiqarildi.

  2017 yil 28 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o'tkazilgan yig'ilish yakuni bilan “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va moliyaviy-iqtisodiy sog'lomlashtirish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida” hamda  “Mineral o'g'itlar realizatsiyasida bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlar to'g'risida”gi bayonnomalar qabul qilinib, tarmoq korxonalar moliyaviy mustahkamligini oshirish yuzasidan choralar belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi №PQ-3587-son qarorida paxta va donni xarid qilish bo'yicha davlat tomonidan kafolatgan narxlar belgilangan bo'lib, fermer xo'jaliklar moddiy-texnika resurslarni, shu jumladan mineral o'g'itlarni sotib olish uchun yetarli mablag'lar bilan ta'minlanishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28 fevraldagi “Qishloq xo'jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish” qarori bilan 2018 yil 1 martdan boshlab mineral o'g'itlar faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan (tarmoq ichidagi sotuvlar bundan mustasno). Bunda  birjaga chiqarishda 10% rentabellikni nazarda tutgan boshlang'ich narxlar ishlab chiqaruvchi tomonidan shakllantiriladigan bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi “Iqtisodiyoning bazaviy tarmoqlarida to'lov intizomini mustahkamlash hamda debitor va debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga binoan “O'zagrokimyohimoya” AJ hududiy jamiyatlarning “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari oldidagi 2 trln. so'm miqdoridagi qarzdorlik to'liq so'ndirildi. Bu esa o'z navbatida kimyo korxonalarining “Uztransgaz” AJ, “O'zbekenergo” AJ, “Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy tog'-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ hamda byudjet va byudjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarni bartaraf etish imkonini yaratib berdi.

2018 yil 10 yanvardan boshlab “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari mahsulotlari monopolist korxonalar reestridan chiqarildi va ularning narxlarini belgilash tartibi bekor qilinib, korxonalar ishlab chiqarish uchun sarflagan real xarajatlarni e'tiborga olgan holda mustaqil ravishda narxlarni shakllantirish huquqiga ega bo'ldi.

Investitsiya faoliyatining ustuvor yo'nalishlari etib amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarni rekonstruktsiya qilish hamda yangi ob'eklarni barpo etish belgilandi.

Natijada 2017 yil yakunlari bilan tarmoqda quyidagi natijalarga erishildi:

  • tovar mahsulot ishlab chiqarish prognozi 100%ga;
  • mahsulot eksporti prognozi 129,3%ga;
  • investitsiyalarni o'zlashtirish prognozi 101,5%;
  • mahalliylashtirish dasturi prognoz parametrlari 103%ga bajarildi.

2016 yilda tarmoqda rentabellik darajasi-0,9%ni tashkil qilgan bo'lsa,2017 +2,3%ni tashkil qilib, 2018 yilning birinchi choragidaesa +11,2%ga yetdi.

2017 yilda tarmoq xodimlarning o'rtacha oylik ish haqi 2016 yilga nisbatan17,8%ga oshib, 2018 yilning birinchi choragi yakuni bilan 28,7%ga o'sdi va 1386,6 ming so'mni tashkil qildi.

2018 yil yanvar-aprel oylari yakuni bilan 1,2 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 105,1%ni tashkil qildi.

Asosiy maqsadli prognoz parametrlarning bajarilishi ta'minlandi. Shu jumladan:

  • mahsulot eksporti - 104,6%;
  • investitsiyalarni o'zlashtirish – 113,4%;
  • mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulot ishlab chiqarish – 142,7%;
  • mahsulot tannarxini tushirish – 101,8%ni tashkil qildi.

Sof holda 375,5 ming tonna mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi (2017 yilga nisbatan o'sish sur'ati 117,7%), shu jumladan 283,7 ming tonna azotli, 37,3 ming tonna fosforli va 54,6 ming tonna kaliyli o'g'itlar.

“O'zkimyosanoat” AJ

matbuot xizmati