//
20.06.2018
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/tender/kimyo-sanoati-hizmatchilari-lavozimlari-va-ishchilari-kasblari-buyicha-tarmoq-tarif-malaka-malumotnomasi-ning-yangi-tahririni-ishlab-chiqish-uchun
1. Maqsad va vazifalar
“Kimyo sanoati xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblari bo'yicha tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasi”ning yangi tahririni ishlab chiqish.
2. Vazifalar mazmuni
- “Kimyo sanoati xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblari bo'yicha tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasi”ning yangi tahririni O'zbekiston Respublikasining amaldagi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari KLASSIFIKATORI” hamda mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchiligi asosida ishlab chiqish. (Ma'lumot uchun: Amaldagi “Kimyo sanoati xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblari bo'yicha tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasi” 2012 yilda ishlab chiqilgan va nashr etilgan)
- “Yangi tahrirda ishlab chiqiladigan “Kimyo sanoati xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblari bo'yicha tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasi”ni o'rnatilgan tartibda ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlash.
- Materiallarni rus va o'zbek (lotin yozuvida) tillarida nashrga tayyorlash.
- Texnik vazifani bajarish muddati 3-4 oy.
3. Talabgor tashkilotlardan taqdim etiladigan xujjatlar
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan xujjatlar ro'yxati:
- Talabgor tashkilot to'g'risidagi qisqacha ma'lumot;
- Talabgor tashkilotning ko'rsatiladigan xizmat qiymati, bajariladigan ishlar uchun to'lov tartibi, shuningdek ishlarni bajarishning kutilayotgan muddati to'g'risidagi tijorat taklifi.
- Talabgor tashkilot tomonidan avval ishlab chiqilgan va nashr etilgan ishlar, shu bilan birga ularni tasdiqlovchi xujjatlar nusxalari.
Xujjatlar takliflar hamda marojaat xati bilan birgalikda yopiq va muhrlangan holda konvertda quyidagi manzilga taqdim etilsin:
Toshkent sh., Navoiy k., 38. Telefon:140-74-49, 140-74-18, faks: 140-74-01.
Takliflarni qabul qilishning yakuniy muddati – 2018 yil 6 iyul Toshkent vaqti bilan 17:00 gacha.