"O'zkimyosanoat" AJ

Band bo'lmagan yoshlar bilan manzilli ish olib borilmoqda

// 17.04.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/band-bo-lmagan-yoshlar-bilan-manzilli-ish-olib-borilmoqda

“O‘zkimyosanoat” AJga Ohangaron tumanidagi “Tut”, “Nurobod”, “O‘zbekiston”, “Ubayd” va “Yangi Hayot” mahallalarida istiqomat qiluvchi 60 nafar ishsiz yoshlar biriktirilgan.

Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning har biriga alohida e’tibor qaratish va muammolarini chuqur o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh shakllantirildi. Joylarda olib borilayotgan o‘rganish jarayonida yoshlarning oilaviy sharoiti, yashash muhiti, orzu-intilishlari va mavjud to‘siqlar tahlil qilinmoqda.

Ishchi guruh mahallalardagi “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda uchrashuvlar tashkil etib, muammolar yechimi yuzasidan ochiq muloqot va rejalar muhokamasini o‘tkazdi.

O‘rganish natijalari asosida har bir yosh uchun alohida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmoqda. Ushbu xarita orqali yoshlarning ishsizlar toifasidan chiqishi, kasbga ega bo‘lishi va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsad qilingan.

“O‘zkimyosanoat” AJ yoshlarning kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashadi va ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati