"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” Aj va tizim korxonalari Komplayens xizmatlari tomonidan 2022-yil III chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BRIFING oʻtkazildi

// 26.10.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/video/komplayens-xizmati-3-chorak-mobaynida-amalga-oshirilgan-ishlar-yuzasidan-brifing

Hisobot davrida joriy yilning  avgust oyida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi U.D.ning arizasiga asosan “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda  “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlar eksporti bilan bogʻliq korrupsion holatlarni bartaraf etish,  mazkur sohada noqonuniy faoliyat olib borayotgan uyushgan jinoiy guruhning firibgarlik, taʼmagirlik hamda  tovlamachilik jinoyatlariga chek qoʻyish maqsadida tezkor  faol tadbir oʻtkazildi.

Mazkur tadbir davomida MChJlarning birining  vakili D.U.dan Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi M.S., Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi, M.A., Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi MChJ rahbari A.J hamda  Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi, “Navoiyazot” AJ boʻlim boshligʻi X.D. va Navoiy shahrida yashovchi “Navoiyazot” AJ masʼul xodimi X.J.lar aldov va firibgarlik yoʻli bilan mazkur MChJga “Navoiyazot” AJda ishlab chiqarilgan 5000 tonna “B” markali selitra mahsulotlarini goʻyoki “Oʻzkimyoimpeks” MChJdagi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali eksport qilish uchun shartnomani imzolatib berish uchun, jami 450 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlari berishini talab qilib, soʻralgan pul mablagʻlaridan 200 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushbu guruh vakillari jinoyat ustida qoʻlga olindi va ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirgi vaqtda Toshkent shahri Uchtepa tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqilmoqda. 

Tizim korxonalarida xaridlar jarayonining ochiq va shaffofligini taʼminlash hamda ularni “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlanishi natijasida, jami 3,1 mlrd.soʻmlik pul mablagʻlarining asossiz sarflanishini oldi olinib, iqtisod qilindi. Shuning bilan bir qatorda, xaridlar jarayonida ishtirokchilarning oʻzaro til biriktirishlari, raqobat muhitini cheklashga urinish hamda ball qoʻyishda baholash mezonlariga noxolis yondashuvlarni bartaraf etilishi natijasida, jami 29,1 mlrd.soʻmlik shartnomalarning tuzilishi rad etilib, aniqlangan manfaatlar toʻqnashuviga chek qoʻyildi.

 Oʻtgan yili shu davrda kimyo sanoati korxonalarida 32 ta profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan boʻlsa, joriy yilning hisobot davrida 204 ta seminar va profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan.


“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati