"O'zkimyosanoat" AJ

2022 yildagi murojaatlar tahlili — R. Eshbekov (brifing)

// 05.01.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/video/2022-yildagi-murojaatlar-tahlili-brifing

“Oʻzkimyosanoat” AJga oʻtgan yilda Prezident virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 226 ta murojaatning 35 tasi qanoatlantirilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda aksionerlik jamiyati axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov maʼlum qildi: Shuningdek, 183 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 5 tasi rad etilgan, 8 tasi koʻrib chiqilmoqda. Murojaatlarning aksariyati Navoiy, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolarga toʻgʻri keladi. 2022-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga  kelib tushgan jami murojaatlar soni 528 tani tashkil etib, 129 tasi yuridik shaxslardan, 399 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 84 tasi qanoatlantirilgan, 429 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 15 tasi koʻrib chiqilmoqda.