"O'zkimyosanoat" AJ

«Farg'onaazot» AJ ustav kapitalidagi 51 foiz (48,05 foiz – davlat ulushi va 2,95 foiz «O'zkimyosanoat» AJ ulushi) aksiyalarni salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan sotish tartibi va shartlari to'g'risidagi ma'lumot

// 01.11.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/tender/fazot51

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq «Farg'onaazot» AJ ustav kapitalining 51 foiz miqdoridagi aksiya paketi sotilishi nazarda tutilgan.

Davlat mulkini sotishda tender savdolari o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasining qarori bilan (2019 yil 30 sentabr, №02/1-1328) «Farg'onaazot» AJning ulushini sotish shartlariga, «Ernst & Young Advisory» MChJ investitsiya maslahatchisi ishtirokida salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan ulushni quyidagi tartib va shartlarda sotishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilgan:

Salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan sotish tartibi quyidagi mexanizmni nazarda tutadi:

1 - bosqich:

Kelishilgan uzun ro'yhatdagi potentsial investorlarga tizerni (ob'ekt haqida qisqa axborot ma'lumotnoma) tarqatish (tadbir amalga oshirilmoqda).

2 - bosqich:

Qiziqish bildirgan salohiyatli investorlar bilan maxfiylik to'g'risidagi shartnomani (MSh) imzolash. Qisqa ro'yhatni belgilash, MShni imzolash yakuni bo'yicha investorlarga Axborot memorandumi va Tartib xatini taqdim etish (tadbir amalga oshirilmoqda).

Investorlar tomonidan Majburiy bo'lmagan takliflar taqdim etilishi.

Investorlar tomonidan taqdim etilgan Majburiy bo'lmagan takliflarni tahlil qilish, kelishish va eng jozibadorini tanlash. Majburiy bo'lmagan takliflar tahlili natijasi bo'yicha tanlangan salohiyatli investorlarga foydalanish huquqini bergan xolda Virtual Ma'lumotlar Xonasini (VMX) tayyorlash va ochish.

Xususiylashtirilayotgan ob'ektni salohiyatli investorlar tomonidan kompleks tekshiruvidan o'tkazish (dyu-dilidjens). Investitsion maslahatchi tomonidan kompleks tekshiruvni muvofiqlashtirish. O'tkazilgan kompleks tekshiruvlar natijalari bo'yicha investorlar tomonidan Majburiy takliflarni taqdim etish.

Investorlarning eng yaxshi Majburiy taklifini tahlil qilish va tanlash. Investorlar bilan keyingi muzokaralarni olib borish. Tanlangan eng yaxshi taklifni Davlat mulkini sotishda tender savdolari o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko'rib chiqish va tasdiqlash. Yuridik xujjatlarni tayyorlash (Oldi-sotdi shartnomasi va boshqa zarur bo'lgan kelishuvlar).

Tanlangan investor bilan yuridik xujjatlarni kelishish. Yuridik xujjatlarni imzolash va bitimni yopish.

Sotish shartlari:

- korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolish;

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2019 yildagi PQ-4265-sonli qaroriga muvofiq ammiakni yiliga - 660 ming tonnagacha, karbamidni yiliga – 600 ming tonnagacha, ammiakli selitrani yiliga – 700 ming tonnagacha va azot kislotasini yiliga – 530 ming tonnagacha ishlab chiqarish quvvatini yetkazish bo'yicha investitsion majburiyatlarini investor tomonidan kabul qilish (investitsion majburiyatlarini bajarish muddatlari 2019-2023 yy.);

- yangi ish o'rinlarini yaratish shaklidagi ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish.

Shu bilan birga, xaridorlarni aniqlashda eng katta sotib olish to'lovlarini hamda investitsion va ijtimoiy majburiyatlarini taklif etgan investorga afzallik beriladi.

Sizni qiziqtirgan savollar bo'yicha qo'yidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:

«Uzkimyosanoat» AJ, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 38.
Tel: +998(78) 140-74-02. Veb-sayt: www.uzkimyosanoat.uz, elektron pochta manzili: project_rafael@uks.uz

Sotuvchining investitsion maslahatchisi: «Ernst & Young Advisory» MChJ, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko'chasi 75, «Ikonel» Biznes Markazi. Tel: +998(78) 140-64-10, Veb-sayt: www.ey.com/uz/en/home, elektron pochta manzili: tashkent@uz.ey.com.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi 6. Tel: +998(71) 259-22-10, 259-22-02, 259-20-70,
Faks: +998(71) 239-47-84, Veb-sayt: www.davaktiv.uz, elektron pochta manzili: info@davaktiv.uz.