“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati uzaytirilganligini ma'lum qiladi.
“Farg'onaazot” AJ ustav kapitalining 51 foiz (48,05 foiz – davlat ulushi va 2,95 foiz “O'zkimyosanoat” AJ ulushi) aksiya paketi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.
Davlat mulkini sotishda tender savdolari o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasining qarori bilan (2019 yil 30 sentabr, №02/1-1328) “Farg'onaazot” AJning ulushini sotish shartlariga, “Ernst&Young Advisory” MChJ investitsiya maslahatchisi ishtirokida salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan ulushni sotish ko'zda tutilgan.
“Farg'onaazot” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini sotish muddati uzaytirilganligi munosabati bilan barcha xorijiy investorlarni o'z sarmoyalarini yanada ko'paytirishga va mamlakatimiz kimyo sanoati rivojiga o'z xissasini qo'shishga chorlab qolamiz.
Batafsil ma'lumot uchun qo'yidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:
“O'zkimyosanoat” AJ, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 38.
Tel: +998(78) 140-74-02. Veb-sayt: www.uzkimyosanoat.uz, elektron pochta manzili: project_rafael@uks.uz
Sotuvchining investitsion maslahatchisi: “Ernst & Young Advisory” MChJ, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko'chasi 75, “Inkonel” Biznes markazi. Tel: +998(78) 140-64-10, Veb-sayt: www.ey.com/uz/en/home, elektron pochta manzili: tashkent@uz.ey.com
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi 6. Tel: +998(71) 259-22-10, 259-22-02, 259-20-70,
Faks: +998(71) 239-47-84, Veb-sayt: www.davaktiv.uz, elektron pochta manzili: info@davaktiv.uz