"O'zkimyosanoat" AJ

Yoshlar bandligi — amaliy yechimlar orqali

// 25.07.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yoshlar20260725

Mamlakatimizda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning kasbiy salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “Paxtachi” mahallasida yashovchi ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirmoqda. Uchrashuvlar davomida ularning qiziqishlari, kasbiy rejalari va ehtiyojlari oʻrganilib, har bir yosh uchun individual yondashuv asosida amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Tashabbusning asosiy maqsadi — yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishi, mehnat bozorida munosib oʻrin topishi va oʻz tanlagan faoliyatini mustaqil yoʻlga qoʻyishi uchun zarur koʻmakni taʼminlashdan iborat.

Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida mazkur ishlar doirasida yana bir muhim qadam tashlandi. “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan 5 nafar yoshga ular tanlagan kasb va faoliyat yoʻnalishlariga mos mehnat vositalari hamda zarur asbob-uskunalar begʻaraz taqdim etildi.

Bu kabi manzilli qoʻllab-quvvatlash choralari yoshlarning mehnat faoliyatini boshlashi, oʻzini oʻzi band qilishi va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.