Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan korxona yoshlari uchun madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida Jamiyat boshqaruv raisi v.b To‘lqin Zaripov so‘zga chiqib barcha yoshlarni sana munosabati bilan samimiy qutladi.
Undan so‘ng “Yoshlar oyligi” doirasida Jamiyatda o‘tkazilgan bir qator sport tadbirlari g‘oliblari hamda korxona faoliyatida faol bo‘lgan bir guruh yoshlar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida xonandalar ijrosida ko‘ngilochar konsert dasturi namoyish etildi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati