"O'zkimyosanoat" AJ

"Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida amaliy taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi

// 17.11.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yong-in-xavfsizligi-oyligi-doirasida-amaliy-taktik-mashg-ulo

Bugun "Qo'ng'irot soda zavodi" MChJ QK ammiak saqlash omborxonasida "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida  yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda korxona ishchilari, 27-YQQ 2 ta ekipaj shaxsiy tarkibi qatnashdi. Bundan tashqari  yong'in xavfsizligi qoidalari talablarini targ'ib qilish hamda bu borada korxona ishchilarining bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida koʻrgazmali uchrashuv tashkil etildi.

"Qo'ng'irot soda zavodi" MChJ QK Matbuot xizmati