"O'zkimyosanoat" AJ

“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

// 04.11.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yil-ayoli-milliy-tanlovining-tuman-bosqichi-bo-lib-o-tdi

  Shayxontohur tumanida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Ushbu tanlov jamiyat hayotining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi ayollarni aniqlash, ularning mehnatini eʼtirof etish hamda ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

  Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Ra’no Esanturdiyeva faol ishtirok etib, “Yilning eng yaxshi IT–dasturchi ayoli” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlandi.

  Ra’no Esanturdiyeva axborot texnologiyalari sohasida yuqori malaka, masʼuliyat va tashabbuskorlik bilan faoliyat olib borayotgan mutaxassis sifatida eʼtirof etildi. U “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida raqamli jarayonlarni rivojlantirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda IT sohasida ayollar salohiyatini oshirish yoʻlida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

  Mazkur eʼtirof nafaqat shaxsiy yutuq, balki “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi malakali mutaxassislar mehnatining eʼtirofi, shuningdek, sohada gender tengligini taʼminlash va ayollar faolligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi izchil ishlarning amaliy natijasidir. “Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Ra’no Esanturdiyevani ushbu yutuq bilan tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati