Yapon olimlari dengiz suvida bir necha soat ichida hech qanday qoldiqsiz eriydigan innovatsion plastikni yaratishdi.
Loyiha RIKEN ilmiy-tadqiqot markazi va Tokio universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqildi. Ularning taʼkidlashicha, ishlanma okeanlarning ifloslanishiga qarshi haqiqiy yutuq.
Tokio yaqinidagi Vako shahridagi laboratoriyada plastikning bir boʻlagi bir soat yengil aralashtirishdan soʻng suvda toʻliq erigani namoyish etildi. Hech qanday iz yoki chiqindilar qolmadi. Anʼanaviy bioparchalanuvchi plastiklardan farqli ravishda, ushbu material deyarli darhol parchalanadi va oʻzidan mikroplastik qoldirmaydi. Erish qobiliyatiga qaramasdan, plastik neftdan olingan oddiy analoglar bilan taqqoslaganda yetarli darajada mustahkam. U toksik emas, yonmaydi, parchalanish jarayonida karbonad angidrid chiqarmaydi va toʻliq ravishda dengizdagi bakteriyalar tomonidan qayta ishlanadi.
Bundan tashqari, plastik faqat okean suvida emas, balki tuz bor boʻlgan tuproqda ham parchalanadi. Besh santimetrlik boʻlak quruqlikda taxminan 200 soatda parchalanib ketadi.
Hozircha ushbu material ommaviy ishlab chiqarishga kiritilmagan boʻlsa-da, qadoqlash sohasidagi kompaniyalar unga qiziqish bildirmoqda.
Takudzo Ayda rahbarligidagi tadqiqot guruhi plastikning chidamliligini saqlash uchun maxsus qoplamani yaratish ustida ish olib bormoqda, shu tariqa u chiqindilarni yoʻq qilishgacha mustahkam boʻlib, keyin esa osonlikcha erishi mumkin boʻladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati