"O'zkimyosanoat" AJ

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi

// 30.09.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yangi-o-zbekiston-universitetida-xalqaro-sanoat-maslahatlash

 

29-sentabr kuni “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashi (IAC) yetakchi xalqaro kompaniyalar, akademik hamjamiyat hamda Oʻzbekistonning muhim tarmoqlari vakillarini birlashtiruvchi maslahat kengashining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yalpi majlisda Technical University of Munich, Robert Bosch GmbH, Nexperia, STADA Arzneimittel AG, Berlin University Alliance vakillari, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari shuningdek, Oʻzbekistondagi yetakchi tashkilot va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida universitetning missiyasi va strategik maqsadlari, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, universitet va sanoat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy loyihalar taqdim etilib, ularni sanoat hamkorlari bilan birgalikda amaliyotga joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Tarmoq sessiyalari doirasida sanoat va ishlab chiqarish texnologiyalari, moliyaviy texnologiyalar va innovatsiyalar, menejment hamda logistika yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashildi.



Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining yigʻilishi akademik hamjamiyat, biznes va davlat sektori oʻrtasida professional muloqot uchun muhim platformaga aylanib, qoʻshma taʼlimiy, ilmiy va amaliy tashabbuslarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.