"O‘zkimyosanoat" AJ ilmiy va innovasion yondashuv asosida sanoatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan hamkorlik olib bormoqda.
Jamiyatning Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi mutaxassislari va "Yangi O‘zbekiston" universiteti xodimlari bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda ham istiqboldagi loyihalarni amalga oshirishga oid masalalar muhokama qilindi.
Xususan, "O‘zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalarida mavjud masalalarning yechimiga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Loyihalarning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, ularni tarmoq korxonalarida tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati