"O'zkimyosanoat" AJ

"Maxam-Chirchiq" AJda sayyor qabul haftaligi boshlandi

// 24.07.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xotin-qizlar-sayyor-qabullar-haftaligi

Bugun “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi maslahatchisi - Xotin-qizlar kengashi raisi S.M.Abduraxmanova, "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatining  korxonaning boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti raisi M.Shorayimova ishtirokida sayyor qabullar haftaligi boshlandi.

Sanobar Abduraxmanovaning korxona ayollarining mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan sayyor qabuli jamiyatda faoliyat yuritayotgan  xotin-qizlar o'rtasida  bo‘lib o‘tdi.

Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlar mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganilib, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sayyor qabul davom etmoqda.