Bugun “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar “Xon atlas” oyligi munosabati bilan rang-barang va oʻziga xos milliy liboslarmizda ishga kelib, hamkasblarga ijobiy kayfiyat ulashishdi.
Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, balki yurtimizning boy tarixi, xalqimizga xos nafosat va anʼanalarni oʻzida jamlagan maʼnaviy boylik.
Aytish joizki, mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanayotgan “Xon atlas” oyligi barcha sohada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni milliy merosga boʻlgan ehtirom asosida birlashtirmoqda. Oylik doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar xalqimizning madaniy qadriyatlarini yanada keng targʻib qilishga xizmat qilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari esa ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, milliy oʻzlikni anglash va uni kelgusi avlodlarga yetkazishda ibrat boʻlmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati