"O'zkimyosanoat" AJ

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus oʻquv kursi tashkil etildi

// 16.10.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xodimlarning-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-ko-nikmalarini-os

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus oʻquv kursi boshlandi. 

“Cert Academy Group” xalqaro trening tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan mazkur kursda ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurash choralari, uning kelib chiqish sabablari, jamiyat uchun oqibatlari, shuningdek, antikorrupsion menejmentning asosiy terminlari haqida tushunchalar berilmoqda. 

Qolaversa, jamiyatda korrupsion xavf-xatarlarni kamaytirish, tashkilotning tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiyaga qarshi menejment tizimlarining ichki auditini olib borishdagi ahamiyati haqida tushuntirilmoqda.    

Maxsus oʻquv kursi 3 kun davom etishi rejalashtirilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati