“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar “1C dasturida tayyor mahsulotlarni hisobga olish va boshqarish” o‘quv kursi bo‘yicha o‘qitilmoqda.
Xodimlar 5 kun davomida o‘z bilim va malakasini oshiradilar hamda o‘quv kursi so‘ngida o‘zlashtirilgan bilimlar malaka komissiyasi tomonidan 2 bosqichli nazariy imtihondan o‘tkaziladi.
O‘quv kursi nihoyasida barchaga mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirganligi to‘g‘risida tegishli tartibda guvohnoma beriladi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati