"O'zkimyosanoat" AJ

“Xalqaro shisha yili” doirasida “Shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro konferensiyasi start oldi.

// 26.05.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xalqaro-shisha-yili

Bugun 26-may kuni “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi  doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro shisha yili” doirasida “Shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro konferensiyasi start oldi. Xalqaro ilmiy-texnik anjumandan koʻzlangan maqsad silikat materiallari – shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini muhokama qilish, jahon hamjamiyatini Oʻzbekiston shisha sanoati yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati