«Yangi Oʻzbekiston» universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yalpi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.Ushbu tashabbus Oʻzbekiston hamda Germaniyaning yirik sanoat tarmoqlari vakillari oʻrtasida chuqur hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, talabalarni nemis kompaniyalarida amaliyot oʻtash imkoniyati bilan taʼminlashni koʻzda tutadi.
Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Korjikov ham ishtirok etdi.
Taʼkidlash joiz, kengash tarkibiga mamlakatimiz sanoatining yetakchi tashkilotlari – Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy KMK” AJ hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining vakillari kiritilgan.Shuningdek, Germaniyaning nufuzli kompaniyalari – “DaimlerChrysler AG”, “BOSCH”, “STADA Arzneimittel AG”, “TAL Group” va “Siemens Energy” rahbarlari ham kengash aʼzosi sifatida qatnashdilar.
Kelgusida «Yangi Oʻzbekiston» universitetida mazkur kompaniyalarning laboratoriya va ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati