"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Oʻzkimyosanoat stipendiyasi” joriy etilganligi haqida xabar bergan edik.

// 14.04.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-stependiyasi-goliblari

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Oʻzkimyosanoat stipendiyasi” joriy etilganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur loyihaning birinchi koʻrik-tanlovi Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 1-bosqich talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Tanlov natijalariga koʻra, Toshkent kimyo-texnologiya institutining magistranti Diyora Xayrullayeva hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi Mahsumaxon Qosimovalar “Oʻzkimyosanoat stipendiyasi”ni qoʻlga kiritishdi. Bugun “Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi v.v.b. Y.A. Korjikov gʻoliblarni tabriklash va esdalik sovgʻalarini topshirish maqsadida talabalar tahsil olayotgan OTMlarga tashrif buyurdi.