"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Pokiston Islom Respublikasining bir qator yirik kompaniyalari va davlat tashkilotlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

// 28.10.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-azh-hamda-pokiston-islom-respublikasining-bir-

Joriy yilning 23-24-oktabr kunlari “Oʻzkimyosanoat” AJ delegatsiyasi Pokiston Islom Respublikasida boʻldi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Akobir Toʻxtayev boshchiligida Pokiston Islom Respublikasining bir qator yirik kompaniyalari va davlat tashkilotlari bilan salmoqli muzokaralar hamda uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. 

Pokiston Islom Respublikasi Oziq-ovqat xavfsizligi vazirining birinchi oʻrinbosari Ali Taxir bilan uchrashuv tashkil etilib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlarning Pokistonga eksport hajmini kengaytirish va ushbu mahsulotlarga mavjud talab yuzasidan muntazam ravishda axborot almashishga kelishib olindi. 

“Wah Nobel” kompaniyasi direktori Shiraz Ullah bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda kimyo sanoatida faol hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan metanol, nitrat ammoniy, selitra, natriy nitrat mahsulotlarining Pokiston Islom Respublikasiga eksportini amalga oshirish, logistika boʻyicha aniq mexanizmlar ishlab chiqildi.

“Nimir Group” kompaniyasi ijrochi direktori Zafar Mahmud  bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Oʻzkimyosanoat” AJ sanoat zonalarida alkidli qatronlar, oleo-kimyo moddalari, sovun  konsentrati, xlorli parafin mumi kabi kimyo mahsulotlari hamda sement qoʻshimchalari, epoksid qoplamalar, taʼmirlash ohaklari, yelim va mastiklar kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.  

“Aziya Ariya” kompaniyasi va “Oʻzkimyosanoat” AJ  oʻrtasida mineral oʻgʻitlar eksport shartnomasi imzolandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati