"O'zkimyosanoat" AJ

Joriy yilning 18-aprel kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ va Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

// 19.04.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-aj-yoshlar-ishlari-agentligi-tkti-talabalari-uchrashuv

Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan loyihalar toʻgʻrisida soʻz bordi. 
Shu bilan birga, uchrashuv davomida 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Referendum toʻgʻrisida talabalarga mutaxassislar tomonidan maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talabalar ishtirokida konstitutsiyaga oid savollar asosida viktorina oʻtkazildi. Gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.