"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik uchun 2,4 mlrd. soʻm homiylik mablagʻlari yoʻnaltirildi

// 15.12.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-aj-tarmoq-korxanalari-parij-2024-yozgi-olimpiya-homiylik-mablaglari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida” PQ-5281-son hamda 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston sportchilarini navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tayyorgarlik qilish ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida” PQ-127-son qarorlari ijrosini oʻz vaqtida ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 20-apreldagi 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi 3-son yigʻilish bayonining 3-ilovasiga koʻra “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Oʻzbekiston sportchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2,4 mlrd. soʻm homiylik yordamini koʻrsatish belgilangan.

Bugungi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan yuqorida ta’kidlangan 2,4 mlrd. so'm homiylik mablagʻlari belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hisob raqamiga toʻliq oʻtkazib berildi.  Ajratilgan mazkur homiylik mablagʻlari Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan tegishli talabnomalar asosida sportchilarimizning 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrishlari uchun yurtimiz va xorijda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini samarali tashkil etish, zamonaviy sport inventarlari bilan ta’minlash va barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sport federatsiyalariga yoʻnaltirilmoqda. Shu bilan birga, sport federatsiyalariga oʻtkazilgan mablagʻlar haqida ma’lumotlar muntazam ravishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi rasmiy veb-saytidagi Ochiq ma’lumotlar ruknida e’lon qilib kelinmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga munosib hissa qoʻshishga alohida e’tibor qaratadi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati