"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini yana 1 yil muddatga uzaytirdi

// 07.12.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-aj-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-menejment-tizimi-mavjudligini-tasdiqlovchi-xalqaro-iso-37001-2016-sertifikat-muddatini-uzaytirdi

Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq “CERT International” xalqaro trening kompaniyasi mutaxassislari tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi va xalqaro auditorlik va sertifikatlash tashkiloti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi amalda samara berayotganining asosiy koʻrsatkichi hisoblanuvchi ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati muddatini yana 1 yilga uzaytirdi.

Ushbu ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati oʻz navbatida “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning xodimlarini korrupsiyaga qarshi talablar va axloqiy meʼyorlarni hisobga olgan holda har doim oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini vijdonan bajarishi, qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilishi, teng raqobat tamoyillariga asosan ish tutishi, halollik, ochiqlik va vijdonlilikning korporativ madaniyatini shakllantirish boʻyicha masʼulyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.