"O'zkimyosanoat" AJ

Tanlov g‘oliblari aniqlandi

// 03.07.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/tanlov-g-oliblari-aniqlandi

Korxonaning xotin-qizlari ishtirokida o‘tkazilgan “Ixtirochi ayol” ko‘rik-tanlovining natijalari e’lon qilindi.

Hakamlar hay’ati a’zolarining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni 68-sex mutaxassisi Gulbahor Ro‘ziqulova “Sanoat korxonalarida xavfli zonalarni masofaviy boshqarish va uzoq hududlardagi obyektlarni avtonom monitoring qilish ekotizimi” mavzusidagi taqdimoti bilan egalladi. 2-o‘ringa 33-sex laboranti Maftuna Hayitovaning “Oltingugurt birikmalarini adsorbsiya qilish uchun ishlatilgan “HTZ-31” markali adsorbentdan rux xlorid va rux sulfat olish” loyihasi munosib topildi. 1-o‘rin esa 33-sexning yetakchi muhandisi Dilafro‘z Samatovaga nasib etdi. Xodimning “Ishlatilgan NIAP-12-05 katalizatorni qayta ishlatish asosida “Navoiyazot” AJda nikel nitrat va nikel sulfat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” loyihasi eng yaxshi taqdimot sifatida baholandi.



G‘oliblar jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlanib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.