"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari maktablar faoliyati bilan tanishdi

// 31.01.2021
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/schools

“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari Respublikaning barcha viloyatlariga jamiyatga biriktirilgan maktablarning holatini tubdan o'rganib chiqish maqsadida joylarga hizmat safariga jo'nab ketishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablarni joylarga chiqib o'rganish hisoblanadi.

“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchisiSurxandaryo viloyatida tashkilotga biriktirilgan maktablar faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, Denov tumanidagi 17-son umumta'lim maktabi hamda Boysun tumanidagi 47-son umumta'lim maktabida o'rganish ishlarini olib bordi.

Denov tumanidagi 17-son umumta'lim maktabi kimyo va biologiya faniga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bo'lib, viloyatda eng yuqori ko'rsatkichlarga ega ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Maktab o'quvchilari viloyat miqyosida o'tkazilgan fan olimpiadalarida informatika, fizika, kimyo va geografiya fanlaridan oliy o'rinlarni egallaganliklari fikrimizning isbotidir.

Maktabda o'quvchilarning bilim olishi uchun malakali o'qituvchilar tomonidan zamonaviy va innovatsion yondashuvda darslar tashkil etilmoqda.

Ushbu maktabga o'quvchilar 7 sinfdan 11 sinfgacha ta'lim olish uchun “Davlat test markazi”ning test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar qabul qilinadi.

Boysun tumaning 47-son umumta'lim maktabining o'quvchilariham tuman darajasidagi fan olimpiadalarida yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda.

Ushbu maktabda nemis va ingliz tili darslari chuqurlashtirilgan holda o'qitib kelinmoqda. Endilikda ushbu maktabda kimyo va biologiya fanlari chuqurlashtirilgan holda o'qitilishi belgilab olindi.

Uchrashuv davomida umumta'lim maktablari direktorlari, o'qituvchilari hamda o'quvchilari bilan suhbat o'tkazildi. Endilikda chekka tumanlarda joylashgan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan maktablar doimiy nazoratga olinadi. Maktablablar bilan hamkorlikda faoliyat olib boriladi va yosh kimyogarlar sonini oshirishga erishiladi.