"O'zkimyosanoat" AJ

Sarhisob: 2025-yilda tannarxni pasaytirish va mahalliylashtirish boʻyicha yuqori natijalarga erishildi

// 04.02.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/sarhisob-2025-yilda-tannarxni-pasaytirish-va-mahalliylashtir

2025-yilda korxonalarda tannarxni pasaytirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi doirasida ishlab chiqarish xarajatlari 766,1 mlrd soʻmga qisqartirildi.

Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi doirasida 31 ta loyiha amalga oshirilib, jami 5 190,3 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Qayd etilgan natijalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, import oʻrnini bosish va ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.