2025-yilda kimyo sanoati korxonalari tomonidan 660 mln AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi. Oʻsish surʼati 126 ,2 foizga yetdi.
Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida jami 650,3 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Hisobot yilida umumiy qiymati 524,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 18 ta investitsiya quvvatlari ishga tushirildi. Natijada 2,6 trln soʻmlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 874 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.