"O'zkimyosanoat" AJ

Sarhisob: 2025-yilda birja savdolari orqali mineral oʻgʻitlar sotuvi oshdi

// 03.02.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/sarhisob-2025-yilda-birja-savdolari-orqali-mineral-o-g-itlar

2025-yilda birja savdolari orqali jami sof holda 1 010,0 ming tonna mineral oʻgʻit sotildi. 

Jumladan, 761,0 ming tonna azotli oʻgʻit, 124,7 ming tonna fosforli oʻgʻit, 124,3 ming tonna kaliyli oʻgʻit sotildi.

2024-yilda jami sof holda 792,4 ming tonna, shundan 649,2 ming tonna azotli, 79,4 ming tonna fosforli va 63,9 ming tonna kaliyli oʻgʻitlari sotilgan.

Umuman olganda oʻtgan yili 2024-yilga nisbatan jami sof holda 217,6 ming tonnaga koʻp oʻgʻit sotilgan.

Birja savdolarida qayd etilgan ushbu natijalar ichki bozorda mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talab barqarorligini koʻrsatmoqda.