"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalarining joriy yil 11 oylik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi

// 13.12.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/results-201911

“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalari tomonidan 2019 yil yanvar-noyabr oylarida qiymati 5,8 trillion so'mdan ziyod bo'lgan tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, 2018 yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 105,9%ni tashkil etdi.

Jami mineral o'g'itlar 1 149,97 ming tonna (100% sof holda) ishlab chiqarilib, shu jumladan azotli o'g'itlar – 857,78 ming tonna (o'sish sur'ati 111,5%), fosforli o'g'itlar – 111,69 ming tonna (87,3%) va kaliyli o'g'itlar -180,5 ming tonna (110,3%) ni tashkil etdi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 598,6 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (rejaga 102,4%).

Investitsiya dasturi doirasida investitsiyalarni o'zlashtirish prognozi 119,3 foizga bajarildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati